Diplomli viloyatliklar nega Toshkentda mardikor boʻlishmoqda?

Teleboshlovchining aytishicha, bu odamlar "dangasa" emas. Image copyright o'zbekiston
Image caption Teleboshlovchining aytishicha, bu odamlar "dangasa" emas.

Oʻzbekiston televideniyesi orqali namoyish qilingan koʻrsatuvda qoʻlida hunar va diplomi boʻlgan viloyat ahli Toshkentdagi mardikor bozor orqali ish topayotgani tanqid qilindi.

Teleboshlovchining aytishicha, bu odamlar "dangasa" emas.

Ayni shunday tamgʻani Rossiyada ishlayotgan oʻzbek mardikorlariga sobiq prezident Islom Karimov qoʻygandi.

Uzoq yillar davomida Oʻzbekiston hukumatining yuritgan iqtisodiy siyosati millionlab insonlarni oʻz oilasini boqishga imkonsiz qildi.

Har yili iqtisodiy oʻsish 7-8 foizni tashkil etayotgani haqida hisobot berib kelgan hukumat bu muammolarni tan olishni istamadi.

Mahalliy matbuot ham ishsizlik, mardikorlik mavzularini koʻtarib chiqmagan.

Shu yil boshida Prezident Mirziyoyev davlat telekanallari faoliyatini tanqid qildi, jurnalistlarni jamiyatdagi muammolar haqida yozishga chaqirdi.

Shundan soʻng "Oʻzbekiston" telekanalida ancha jonlanish koʻzga tashlanmoqda.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02