"Mirziyoyev ham koʻpxotinlilikni yoʻqotolmaydi"

Ikkixotinli Eliboyev koʻpxotinlilikni sovetlar ham yoʻqotolmaganini aytadi Image copyright Eliboyev
Image caption Ikkixotinli Eliboyev koʻpxotinlilikni sovetlar ham yoʻqotolmaganini aytadi

Ikkixotinli Bahodir Eliboyevga koʻra, birdan oshiq ayolga sharʼiy nikoh oʻqiydigan mullalarga jinoiy jazo berilishi muammoni hal qilmaydi. Nikoh oʻqitaman, deydigan odam bu ishni qoʻshni mamlakatlarga chiqib hal qilib kelaverishi mumkin. Unga koʻra, koʻpxotinlilikni sovetlar ham yoʻqota olmagan.

Eliboyev, aksincha, Oʻzbekistonda koʻpxotinlilikga qonunan ruxsat berib, uni nazoratga olish kerakligini aytadi. Ikkita turmush oʻrtogʻidan 4 farzandi bor Eliboyev koʻpxotinlilik erkak uchun masʼuliyat va u jamiyatdagi fahshning oldini olishda muhim yechim ekanligini taʼkidlaydi.

Suhbatdoshimiz Prezident Mirziyoyev aytganidek, bolali beva ayollar muammosi boʻlmasligi uchun farzandni otaga berish kerakligini aytadi.

Oldinroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ZAGSdan roʻyxatdan oʻtmagan juftliklarga sharʼiy nikoh oʻqiydigan imomlarni jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida gapirgan edi.

Eliboyev bilan suhbatni tinglash uchun YouTube linkini bosing

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq