"Нега мени ташлаб кетдинг?"
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - "Nega meni tashlab ketding?"

Londondagi yirik yongʻinda suriyalik qochqin yigit ham nobud boʻldi. U bilan bir xonadonda yashagan akasi omon qolgan.

Video lavhalarimizni Facebookda ham tomosha qiling.

Omar Alhajali qurbonning akasi:

"Tashqariga chiqqach, "Qayerdasan?" deb telefon qildim. U "Kvartiradaman" dedi.

"Nega chiqmading? Bizni olib chiqishdi. Birga edik deb oʻyladim" dedim.

U esa "Meni hech kim olib chiqmadi" dedi.

U "Nega meni tashlab ketding?" dedi".

Hoshim Alhajali qurbonning akasi:

"U "Onamga aytinglar, Qurʼonni oʻqib, men uchun duo qilsin" dedi.

Uning gaplari tobora sekinlashib, "Hoshim, boshqa gapirolmayman" dedi.

Keyin sinish ovozini eshitdim va telefon uzildi".

Omar Alhajali:

"Men kvartiradagi yongʻinni tashqaridan tomosha qilardim.

U yonardi, ukam esa ichkarida edi.

Biz Suriyadan jon saqlash uchun kelgandik. Lekin, bu yerda oʻlayapmiz".

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.