Londondagi masjid oldida hujum

Qurollangan politsiyachilar Image copyright Reuters

London shimolidagi Finsbury Park mavzesida mashina piyodalarga kelib urilishi oqibatida bir inson halok boʻlgan, 10 kishi jarohatlangan.

Politsiya namozxonlar ustiga furgon haydalganini terror hujumi deb taʼriflagan.

Hodisa masjid tashqarisida roʻy bergan.

Politsiyaga koʻra, tungi soat 12.20 dagi hodisaga aloqador koʻrilgan 1 shaxs hibsga olingan.

Britaniya Musulmonlar Kengashining aytishicha, furgon ataylab odamlar ustiga yurgan.

Guvohlarga koʻra, hodisa masjid atrofi Tarovih namoziga kelganlar bilan gavjum boʻlgan vaqtda yuz bergan.

Guvohlar furgon haydovchisi hamma musulmonlarni oʻldirmoqchi ekanini baqirib aytganini eshitganlarini aytganlar.

Hodisa joyiga politsiyaning maxsus qurolli boʻlinmasi yuborilgan.

Image copyright Reuters
Image copyright Reuters

Hodisa joyiga birinchi boʻlib politsiya xodimlariga yetib borganlar.

"Tez yordam" yetib kelgunicha politsiya xodimlari jarohatlanganlarga tibbiy koʻmak koʻrsatishgan.

Hodisa Ramazon oyi yakuniga bir necha kun qolganda roʻy bergan.

Image copyright PA
Image caption Finsbury park masjidi tashqarisida namoz oʻqiyotgan musulmonlar

3 iyun kechasi mahalliy vaqt bilan 22:08 da furgon avtomobili London Bridj koʻprigida odamlarni bosgani toʻgʻrisida politsiyaga xabar kelib tushgan.

Keyinroq politsiyani Boro-market bozoriga pichoq bilan hujum xabari bilan chaqirishdi.

Hodisada yetti kishi halok boʻlgan, 30 dan oshiq kishi jarohatlangan.

Politsiya odamlarga hujum qilgan ikki kishini otib oʻldirgan.

Image copyright Reuters
Image copyright Reuters
Image copyright PA

Bu mavzuda batafsilroq