London masjidiga hujum fotolarda

London shimolidagi Finsbury Park masjidi yaqinida piyodalar ustiga furgon haydalgani oqibatida bir inson hayotdan koʻz yumgan, 10 kishi jarohatlangan.

Politsiya ushbu hujumni terror hujumi deb atadi, jarohatlangan sakkiz kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Image copyright Getty Images
Image caption Soat tungi 12 yarimlarda Seven Sisters koʻchasidagi Finsbury Park masjida oldida bir furgon odamlarni bosib ketgan.
Image copyright Reuters
Image caption Hujum qurbonlarining aksari endigina masjiddagi Tarovih namozini ado etib chiqqan namozxonlar boʻlganlar
Image copyright Carl Court
Image caption Finsbury Park mavzesiga politsiyaning qurolli boʻlinmasi joylashtirilgan
Image copyright Getty Images
Image caption Hujumchi Ramazon oyi oxirida namozxonlar bilan gavjum boʻlgan joyni nishonga olgan
Image copyright Getty Images
Image caption Furgon ichini va shu yaqin atrofni sud-kriminalistika mutaxassislari tekshirishni boshlaganlar
Image copyright Getty Images
Image caption Hujumdan keyin musulmonlar koʻchada namoz oʻqishdi
Image copyright Getty Images
Image caption Hodisa joyiga gullar qoʻyildi
Image copyright Getty Images
Image caption Terror hujumi joyiga nasroniy ruhoniy kelib gul qoʻydi
Image copyright Huw Evans picture agency
Image caption Shu mahallada istiqomat qiladigan insonlar oʻzlarining musulmon jamoasiga qoʻllab-quvvatlovini izhor etdilar