Londondagi yongʻinda qurbonlar soni ortdi

Yongʻindan keyingi manzara Image copyright Metropolitan police
Image caption Yongʻindan keyingi manzara

London politsiyasiga koʻra, Grenfell-tauer koʻp qavatli binoning yonib ketishi oqibatida 79 kishi qurbon boʻlgan.

Bu qurbonlar roʻyxatida jasad qoldiqlari topilganlar va topilmaganlar bor.

Politsiyadagilarning aytishlaricha, soʻnggi soatlarda avvalroq yana beshta jasad topilgan.

Tergovchilarga koʻra, qurbonlar soni yana oʻsishi mumkin.

Image copyright Getty Images
Image caption Yongʻindan keyingi manzara

Jasadlarni binodan chiqarish amaliga yana bir necha hafta kerak boʻlishi ham aytilmoqda.

Oʻtgan chorshanba tunda boshlangan yongʻin davomida 24 qavatli binoda kamida 600 kishi boʻlgani taxmin qilinadi.

Yongʻinni bartaraf etish uchun 200 nafar atrofida oʻt oʻchiruvchi kurashgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq