"Виртуал Қабулхона ҳокимларга ёқмайди"
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - "Virtual Qabulxona hokimlarga yoqmaydi"

Prezident Mirziyoyevning aytishicha, Virtual qabulxona gʻoyasi atrofidagi mulozimlarga yoqmagan.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Bu haqda u 14 iyun kuni sud tizimi xodimlari bilan uchrashuv chogʻida gapirgan.

Prezidentga koʻra, mulozimlar "Xalq bilan muloqot yili"ga ham qarshilik koʻrsatishgan.

Mirziyoyev kelajakda viloyat va tuman hokimlarini saylashni taklif qildi.

Uning aytishicha, Xalq Qabulxonalari odamlarni saylovga tayyorlaydi.

Mirziyoyev ilk bor hokimlarni saylash tizimi haqida oʻtgan yil dekabrida gapirgandi.

Ayni paytda Prezident Virtual qabulxonasiga kelib tushgan shikoyatlar 800 mingdan oshgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.