Япония Ўзбекистон фуқароларига визани соддалаштирди
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Yaponiya Oʻzbekiston fuqarolariga vizani soddalashtirdi

Yaponiya Oʻzbekiston fuqarolariga viza uchun murojaat qilish jarayonini soddalashtirgan.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligiga koʻra, yapon tomoni bu haqda Toshkentni rasman xabardor qilgan.

Soddalashtirilgan tartib qisqa muddatli (90 kundan oshmagan) vizalarga taalluqli.

Unga muvofiq, bir martalik, qisqa muddatli vizaga ariza topshirganda kafolat talab qilinmaydi.

Shuningdek, Yaponiyaga avval ham safar qilganlarning koʻp martalik vizalari muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi.

Bundan tashqari, oʻzbek biznes, ilm-fan va madaniyat arboblari uchun safar qilish sohalari kengaytirilishi aytilgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.