Turkiya Suriyadagi vayronaga aylangan oʻnlab masjidlarni tiklamoqchi

Suriya Image copyright Reuters

Yangi loyiha Suriyaning Turkiya boshchiligidagi "Frot qalqoni" amaliyoti natijasida ozod qilingan mintaqalarida yoʻlga qoʻyiladi.

Bu haqda Turkiyaning "Anadoʻlu" axborot agentligi xabar bermoqda.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Urushlar natijasida deyarli vayronaga aylangan oʻnlab masjidlarni "Diyonat" davlat jamgʻarmasi taʼmirlamoqchi.

Jamgʻarma rahbari Mustafo Tutqunga koʻra, soʻz jaʼmi 66 ta masjid haqida bormoqda.

Suriya, olti yildirki, fuqarolar urushi girdobida.

Urushlar prezident Assad tizimi demokratparast namoyishlarni kuch bilan bostirishi ortidan boshlanib ketgan.

Davomiy qurolli nizolarda minglab kishilar qurbon boʻlgan, yana millionlabi darbadarlikka yuz tutgan.

Suriyaning aksariyat hududlari vayronaga aylangan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02