Argentinada mojaro: igna tiqib, gʻalaba qozonish qanaqa boʻladi yoki "futbol aqllilar oʻyini"mi?

"Pasifiko" oʻyinchisi Image copyright Getty Images

Unga koʻra, bu ishga Argentina kubogi uchun yaqinda boʻlib oʻtgan oʻyinlarning birida qoʻl urgan.

Maydonda ekan, raqib "Estudiantes" klubi oʻyinchisiga bir necha bor igna tiqib olgan.

Tomosha qiling.

Uning kulib, kulib, "Vorterix" radiosiga bergan suhbatida aytishicha, "futbol - aqllilar oʻyini" boʻladi.

"Igna hujumi qurboni" "Estudiantes" hujumchisi Xuan Oteroga koʻra, bu haqda oʻyin hakamiga shikoyat qilgan.

Ammo, uning aytishicha, hakam oʻzining shikoyatini beeʼtibor qoldirgan.

"Pasifiko" prezidenti "qilmishi" uchun Alendeni klubdan haydash istagida ekanini aytgan.

"Pasifiko" quyi divizionda oʻynasa, "Estudiantes" ber necha bor Argentina chempioni boʻlgan jamoadir.

Ammo oʻtgan yakshanba kungi oʻyinda aynan "Pasifiko" gʻalaba qozonadi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02