Мирзиёев қабулига бораётган она ҳибсга олинди
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Mirziyoyev qabuliga borayotgan ona hibsga olindi

Surxondaryolik tadbirkor Murodilla Omonov 21 yanvar kuni Jarqoʻrgʻon tuman militsiyasida vafot etgan.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Onasi Karomat Qodirova oʻgʻlining qiynab oʻldirilganini aytib keladi.

U Mirziyoyevning Virtual Qabulxonasiga murojaat qilib, qotillarni jazolashni soʻragan.

Ammo oʻzining aytishicha, mahalliy rasmiylar Prezidentning qabuliga kirishiga qarshilik qilishmoqda.

19 iyun kuni Prezident qabulxonasiga chaqirilgan onani militsiya yarim yoʻlda tutib ketgan.

Muhabbat Qodirova, Karomat Qodirovaning singlisi.

Qodirova viloyat hokimi qabulida janjal qilganlikda ayblanib, 15 sutkaga hukm qilingani aytiladi.

U avvalroq YouTube orqali Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan.

Videomurojaat Mirziyoyevga yetib borgan-bormagani nomaʼlum.

Sud-tibbiyot ekspertiza Murodilla Omonov "oʻzini osib oʻldirgan" degan xulosa bergan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.