Ramazon oyida koʻchada sigaret chekmang, yeb-ichmang, qamalasiz...

Tunis Image copyright AFP

Xuddi shu kabi hodisa shu kunlarda Tunisda yuz bergan. Roʻza kunlari odamlarning koʻz oʻngida sigaret chekkan erkak bir oyga qamalgan.

U "jamoatchilikka nisbatan hurmatsizlik" qilishda aybdor, deb topilgan.

"Amnesty International" Tunisdagi bu hodisani keskin qoralab chiqqan.

Mahkama hukmi "shaxsiy erkinlikning aqlbovar qilmas darajada buzilishi" ekanini aytgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Oʻtgan yakshanba kuni esa, oʻnlab tunisliklar poytaxt koʻchalariga chiqishgan.

Ramazon oyida koʻcha-koʻyda yeyish, ichishga izn berilishini talab qilishgan.

Ikki hafta avval toʻrt tunislik ham bir oyga qamoq jazosiga hukm qilinishgan.

Bunga ularning roʻza kunlarida hammaning koʻz oʻngida bemalol yeb-ichishgani sabab boʻlgan.

Tunisning aksariyat aholisi musulmon sanaladi.

Ammo, "Amnesty International"ga koʻra, Tunisda barchani birdek roʻza tutishga majburlovchi qonunning oʻzi yoʻq.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02