Shavkat Mirziyoyev yangi qarorini imzoladi, Ramazon hayiti kuni maʼlum boʻldi

Mirziyoyev Image copyright courtesy

Unda aytilishicha, "Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2017 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 26 iyun, dushanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida qabul qilgan qarori etiborga olinib, 2017 yil 26 iyun dam olish kuni deb belgilanadi va mamlakatda bayram sifatida keng nishonlanadi".

Videolavhamizni ham nazardan qochirmang.

Boshqa tomondan, prezident imzo chekkan yangi qaror sabab, oʻzbekistonliklar ketma-ket uch kun dam olishlari ham mumkin boʻladi.

Islomiy taqvimga muvofiq, Ramazon oyining boshi va oxiri yangi Oy chiqishiga qarab belgilanadi.

Dunyodagi aksariyat mamlakatlarida hayit qachon boʻlishi esa, roʻzaning oxirgi kechasida maʼlum boʻladi.

Ammo, Oʻzbekistonda 1992 yildan buyon davom etib kelayotgan tajribaga muvofiq, Ramazon oyining boshi va oxiri maxsus farmon bilan oldindan belgilanadi.

Bu esa kuzatuvchilarga koʻra, baʼzi chalkashliklarni yuzaga keltiradi.

Koʻp hollarda Oʻzbekiston oldindan eʼlon qilingan prezident farmoni tufayli koʻp mamlakatlar, hatto mintaqa davlatlaridan bir kun keyin hayitni nishonlagani kuzatilgan.

Biroq hayitni qachon nishonlash borasida boshqa mamlakatlarda ham tushunmovchiliklar yuzaga kelib turadi.

Koʻp musulmonlar odatda hayitni Saudiya Arabistoni eʼlon qilgan sana boʻyicha nishonlashadi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02