Kimning Ramazon Hayiti toʻgʻri?

Oy Image copyright Getty Images
Image caption Islom dinida Oy taqvimi ishlatiladi

Roʻza oyi tugashi bilan boshlanadigan Ramazon Hayitini aniqlash juda murakkab jarayon.

Ramazon oyi yakuniga yetarkan, dunyodagi 1.8 milliard musulmon bulutsiz osmonga umid qilib, hilolni koʻrish uchun koʻkka koʻz tikishadi.

Islom dini oyning joylashuv pallalariga qarab yuritiladigan Qamariy taqvimga muvofiq yoʻl tutadi. Ramazon - toʻqqizinchi oy.

Oy taqvimiga binoan har yangi yili oylar avvalgi sanaga qaraganda 11 kun oldin boshlanadi.

Qamariy oy hisobi juda muhim va u har safar Ramazon oyiga oʻzgachalik baxsh etadi.

Ramazon oyi davomida kun chiqishdan to kun botgunicha musulmonlar na ovqat, na suv isteʼmol qilishadi.

Islomiy oylar shasmiy, yaʼni hech qachon surilmaydigan quyosh taqvimi asosida hisoblanadigan davlatlarda odamlar, deylik, kunlar uzun yoz paytida Ramazon oyini nishonlashsa, dunyoning boshqa joyida bu kunlar qisqa qishga toʻgʻri kelishi mumkin.

Image copyright Reuters
Image caption Indoneziyalik ayol Ramazon Hayiti uchun roʻmol sotib olmoqda

Oq taqvimiga amal qilish orqali esa 33 yil roʻza tutgan inson yilning turli mavsum va pallasida Ramazon oyi qanday kechishini biladi.

Ramazon Hayiti oq taqvimidagi oʻninchi oy - Shavvalning birinchi kuni nishonlanadi.

Bayram bahsi

Ammo Islom ichida ham Hayit qachon boshlanishi borasida bahslar bor. Koʻplab mamlakatlarda odamlar osmonga oʻzlari qarashmaydi va aksincha, rasman oy chiqqan kunni belgilashadi.

Baʼzilar avvaldan hisoblab chiqilgan oy taqvimini ishlatishadi.

Boshqalar esa yulduzbon, yaʼni astronomlarning hisob-kitoblarini kuzatib borib, hilol chiqishiga qarab ish tutishadi.

Shunday musulmonlar ham borki, ular osmonda yangi oyni koʻrishmasa, umuman, Hayit qilishmaydi. Shu bois dunyo boʻylab Hayit kuni bir kunda boʻlmaydi va bir-ikki kun farq bilan nishonlanishi mumkin.

Image copyright Getty Images
Image caption Oʻzbekiston, Turkiya va Malayziya astronomlarning hisob-kitobiga qarab Hayitni belgilashadi

Saudiya Arabistonida biron odam hilolni oʻz koʻzi bilan koʻrganiga qarab, Ramazon oyi boshlanishi yoki tugashi eʼlon qilinadi.

Jahondagi koʻplab musulmonlar keyin shu hisobga ergashadilar. Lekin ayrim davlatlar boshqacharoq yoʻl tutishadi.

Masalan, Shiya Eronda hilol chiqqani hukumat tarafidan rasman eʼlon qilinadi.

Oʻzbekiston va Turkiya kabi sunniy, ammo dunyoviy davlatlar esa oyning chiqishini daqiqama daqiqa hisoblaydigan astronomlarning xulosasiga qarab Hayitni belgilashadi.

Shiya va sunniylar aralash yashovchi Iroqda esa odamlar mazhabiga qarab ikki xil yoʻl tutishadi.

Shiya iroqliklar Oyatullohning eʼloniga quloq solishsa, Sunniylar oʻz ulamolari aytgan gapga qarab bayramini qilishadi.

Faqat oʻtgan 2016 yili Iroqdagi shiyalar va sunniylar uzoq muddat davomida ilk marta bir kunda Ramazon Hayitini nishonlashgan.

Yevropada yashovchi musulmonlar oʻz jamoalari yetakchilarining eʼloniga qarashadi. Baʼzida bu eʼlonlar boshqa yirik musulmon davlati belgilagan Hayit kuniga moslanishi ham mumkin.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq