Адел ўт ўчирувчиларга торт олиб келди
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Adel oʻt oʻchiruvchilarga tort olib keldi

Mashhur qoʻshiqchi Adel Londonning Chelsi tumani oʻt oʻchiruvchilariga tort olib keldi. "U derazani taqillatdi va bizga tort olib kelganini aytdi. Keyin koʻzoynagini yechib, salom, men Adelman dedi", - deydi oʻt oʻchiruvchilardan biri. Bu oʻt oʻchiruvchilar oʻtgan hafta Grenfell binosidagi yirik yongʻinga qarshi kurashganlar. Grenfel yongʻini Londonning zamonaviy tarixidagi eng katta yongʻin deya taʼriflanmoqda. 24 qavatli bino yonishi oqibatida 79 odam nobud boʻlgani ishoniladi. Adel avvalroq omon qolganlarni ham borib koʻrgandi.

Video lavhalarimizni Facebookda ham tomosha qiling.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.