Saudiya podshohi jiyanidan koʻra oʻz oʻgʻlini afzal bildimi?

Saudiya valiahd shahzodasi Image copyright EPA

Podshoh Salmon jiyani Muhammad bin Nayifning oʻrniga oʻgʻli Muhammad bin Salmonni yangi valihad shahzoda, deb eʼlon qildi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

81 yoshli keksa podshohning nega bu kabi qarorga kelgani sababi maʼlum emas.

Ayon boʻlishicha, 31 yoshli yangi valiahd shahzoda oʻzining Mudofaa vaziri maqomini ham saqlab qoladi.

Yangi maqomi ortidan, Saudiya Arabistoni Bosh vaziri oʻrinbosariga ham aylanadi.

57 yashar sobiq valiahd shahzoda esa, Milliy Xavfsizlik Xizmati rahbari vazifasini ham yoʻqotadi.

Saudiyani, odatda, 70-80 yoshlardagi podshohlar boshqarib kelgan.

Shu bois ham, soʻnggi yangilikni yosh avlod oʻzgarishlar nishonasi sifatida koʻrmoqda.

Yosh shahzoda Saudiyaning Yamandagi harbiy amaliyotlariga boshchilik qilgan.

Podshohlikning energiya siyosatini yuritgan, iqtisodiy islohotlar uchun masʼul boʻlgan.

Muxbirimizga koʻra, 81 yoshli podshoh otasining salomatligi uncha yaxshi emas.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02