Rossiya: rubl yana qadrsizlanishni boshladi

Rubl Image copyright Reuters

Poytaxt Moskvadan olingan xabarlarga koʻra, bunaqasi oʻtgan fevral oyidan buyon kuzatilmagan.

Moskva birjasidagi tonggi savdolarda 1 AQSh dollarining qiymati 60 rublga chiqqan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Xuddi shu manzarada Rossiya milliy pul birligining yevroga nisbatan ham qayta arzonlashib borayotgani qayd etilgan.

Yevro oʻtgan dekabr oyidan buyon ilk bor yana 67 rublga koʻtarilgan.

Xabarlarga koʻra, bunga jahon bozorida yana neft narxining pastga tushishi sabab boʻlgan.

Soʻnggi savdolar bilan solishtirganda, neftning bahosi 2 foizga arzonlagan.

Oxirgi yillarda jahon bozorida neft narxining oʻynoqlab turishi rublning qiymatiga jiddiy taʼsir qilgan.

Rossiya milliy pul birligining ketma-ket rekord darajada qadrsizlanib ketishiga sabab boʻlgan.

Bunga qoʻshimcha Gʻarb tomonidan ustma-ust kiritgan turli jazo choralari Rossiyada yangi iqtisodiy boʻhronga sabab boʻlgan.

Buning taʼsiri koʻplab sobiq Shoʻro davlatlarida ham sezilgandi.

Prezident Putin jahon neft bozoridagi ahvolga Gʻarbdagi "fitnachi kuchlar"ni ayblab chiqqan.

Ammo Rossiya rahbari bu oʻz iqtisodlariga ziyon yetkazishini tan olsa-da, "halokatli boʻlmasligi"ni taʼkidlagandi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02