Ўзбекистон ҳукуматига "янги одамлар келяпти"ми?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Oʻzbekiston hukumatiga "yangi odamlar kelyapti"mi?

Prezident Mirziyoyev soʻnggi kunlarda hukumatda qator kadrlar oʻzgarishini amalga oshirgan.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Sobiq Bosh vazir oʻrinbosari Adham Ikromov oxirgi 3 oyda uchinchi lavozimga tayinlangan.

U ayni lavozimda Alisher Shayxov oʻrnini egallaydi. Shayxov boshqa lavozimga oʻtkazilgani aytilmoqda.

Oliy Taʼlim vaziri Rustam Qosimov esa Prezident akademiyasiga rektor etib tayinlangan.

Qosimov Bosh vazir Aripov kabi oʻtgan yil sentyabrida Mirziyoyev tomonidan hukumatga qaytarilgandi.

Senat raisi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning aytishicha, hukumatga "yangi va yangicha fikrdagi odamlar kelmoqda".

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.