Raqibga ishqibozligi uchun qamoq

Kriket oʻyinini tomosha qilayotgan ishqibozlar Image copyright AFP Getty Images

Hindiston politsiyasi Pokistonning kriket jamoasiga ishqibozlik qilgan 15 musulmonni hibs etgan.

Videoni BBC O'zbekning YouTubedagi kanalida tomosha qiling

Kriket boʻyicha "Chempion mukofoti" uchun final kurashi Hindiston va Pokiston jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Keskin oʻyinda Pokiston jamoasi gʻalaba qozongan.

Bu gʻalabani bayram qilgan 15 musulmonni esa politsiya hibsga olgan.

Ular Hindiston markazidagi Madhya Pradesh shtatidagi Burhonpur tumani yashovchilari boʻlganlar.

Musulmonlarning Pokiston jamoasi gʻalabasidan xursand boʻlganliklarini koʻrgan qoʻshnilari politsiyaga shikoyat qilgan.

Politsiya yoshlari 19 va 35 orasida boʻlgan 15 kishini hibsga olgan va ularga davlatga qarshi isyon ayblovi ilgari surilgan.

Bunday hodisalar oldin ham koʻp yuz bergan.

Hindiston uchun Pokistonda, Pokistonda yashaydigan insonlarning Hindiston uchun sport musobaqalarida ishqibozlik qilishlari oʻzlariga qimmatga tushgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02