Hayitgacha uyga yetib olaylik - fotoreportaj

Yangi oy koʻringan kecha Ramazon Hayiti yoki Iyd al-Fitrning birinchi kuni eʼlon qilinadi. Oʻzbekistonda 26 iyun - Ramazon Hayiti kuni deb eʼlon qilindi. Butun dunyo musulmonlari shu kecha-kunduzdan bayramni oʻzi tugʻilib oʻsgan joyda nishonlash maqsadida yoʻlga tushganlar.

Image copyright Reuters

Bangladesh poytaxti Dakkada Hayit oldidan sovgʻa-salom xarid qilish boshlangan.

Image copyright AFP Getty Images

Gʻazo boʻlgasidagi Rafahda yosh falastinlik Hayit dasturxoni uchun baliq taklif qilmoqda.

Image copyright AFP Getty Images

Indoneziyaning Sharqiy Yava viloyatidagi Surabaya bandargohi. Uylariga yoʻl olgan yoʻlovchilar.

Image copyright EPA

Afgʻonistonning Jalolobod shahrida bodom, mayizlar bilan savdo qiluvchi yigit ham oʻz molini sotishga tayyorlayapti.

Image copyright Reuters

Jakartaning Pasar Senen temir yoʻl vokzali. Kimdir kemani kutayapti, yana kimdir oʻzining poyezdini.

Image copyright EPA

Pokistonning Peshovar shahridagi bozor. Erkaklar kiyimini koʻzdan kechirayotgan ayol.

Image copyright EPA

Misr poytaxti Qohiradan 120 kilometr uzoqlikdagi Dalgamon qishlogʻi. Hayit dasturxoni uchun "Kahk", yoki Misr kulchasini pishirishmoqda.

Image copyright AFP GETTY IMAGES

Hayit munosabati bilan koʻplab doʻkonlar mollarini arzonlashtirgan.

Image copyright EPA

Bayram kunlari taqinchoqlar savdosi ham qiziydi.

Image copyright EPA

Suriya poytaxti Damashqning "Al-Midan" mahallasida joylashgan shirinliklar doʻkoni.

Image copyright Reuters

Hnidistonning Kolkata bozori.

Image copyright Reuters

Bayram kunlari xavfsizlik choralarini ham kuchaytirish talab qilinadi.

Image copyright Reuters

Turkiya-Suriya chegarasi. "Hayitni oʻz tugʻilib oʻsgan joyimizda bayram qilishga qaror qildik", deya Suriyaga Turkiyadan qaytayotgan qochqinlar.

Image copyright EPA

"Ramazon tugashiga ham bir necha kun qoldi". Misrlik ayol tongda "ogʻiz yopish" uchun non pishirmoqda.