Videodastur - Shveytsariyadan tortib, Afgʻonistongacha: Ramazon hayitiga kim, qayerda, qanday hozirlik koʻrmoqda?

Hayit

Yana sanoqli kunlardan soʻng butun musulmon olami Ramazon hayitini bayram qiladi.

Ramazon hayiti musulmon olamida eng muqaddas ikkita bayramdan bittasi boʻladi.

Bu haftalik "Soʻz Sizga" dasturimizda - nazardan qochirmang.

Ramazon: "Un, guruch, yogʻ, shakar - hammasi qimmatlagan"

Afgʻonistonda ham hayit bayramlari bir necha kunga choʻziladi. Unga hozirliklar ham oʻta xos boʻladi.

Ammo bu yilgi hayit Afgʻonistonda ustma-ust qonli hujumlar manzarasida kuzatilmoqda.

Aynan xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat, davomiy urushlar sabab, dunyoning turli davlatlariga yoʻl solgan afgʻonlarning soni esa, ozmuncha emas.

Shunday ekan, ham Afgʻoniston va ham muhojiratdagi afgʻonlar bu yilgi Ramazon hayitiga qanday hozirlik koʻrishmoqda?

  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.
  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02