Анвар қори ўзига қарши суиқасдни шарҳлади
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Anvar qori oʻziga qarshi suiqasdni sharhladi

Anvar qori Tursunov 8 yil avval oʻziga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan ilk bor sharh bergan.

Bu haqda Toshkent shahar imom-xatibi Shov-shuv.uz sayti bilan muloqotida gapirgan.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Uning soʻzlariga koʻra, oʻziga qasd qilganlar allaqachon "Olloh Taolo tomonidan jazolangan".

Anvar qori Tursunov ularni "johillar" deb atagan.

Ayni paytda bu kabi shaxslar toʻgʻri yoʻlga qaytsa, ularni kechirish kerakligini aytgan.

2009 yil 31 iyul tunida uch nafar shaxs Anvar qorini oʻzining uyi tashqarisida 9 joyidan pichoqlagan.

Hujumchilar voqea joyidan qochishga muvaffaq boʻlgan. Toshkentda yirik qidiruv amaliyoti oʻtkazilgan.

Qoriga suiqasd yuzasidan 70 ga yaqin odam hibsga olingan. Ammo mahkama yopiq boʻlgan.

Suiqasd buyurtmachilari va jinoyat motivlari haqida maʼlumot berilmagan.

59 yoshli Anvar qori Tursunov Oʻzbekistonda eng koʻzga koʻringan rasmiy din ulamolaridan hisoblanadi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.