Rezina shippagi uchun Akbarni restoranga qoʻyishmadi, uyogʻini ayting...

Akbar Image copyright AKBAR BADSHAH

Uning joniga hamma qolib, uysiz boʻlgan bir inson oro kiribdi.

Roʻzador Akbar mashinada bir soat yoʻl bosib, Manchesterdagi "Fazenda" restoraniga keladi.

Restoranda ayolining tugʻilgan kunini birga nishonlamoqchi boʻladi.

Ammo oyogʻidagi rezina shippagi uchun rad javobini eshitadi.

Undan boshqa oyoq kiyim kiyib kelishi soʻraladi.

Shunda xayriyaga yangi oyoq kiyimi olgan uysiz Jon unga koʻmakka keladi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Jon "mamnuniyat bilan" tufli solingan qutini Akbarga tutqizadi.

Xullas-kalom tugʻilgan kun reja va koʻngildagidek oʻtadi. Tufli ham egasiga qaytariladi.

Qilgan himmati uchun Jonni zoʻrgʻa 10 funt olishga koʻndiradi.

Ikkovlonning suhbati qulogʻiga chalingan boshqa bir kishi esa, Jonga 50 funt tutqizadi.

Akbar Badshoh endi oʻz "xaloskori"ni restoranga ham taklif etmoqchi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02