Arab davlatlari Qatar oldiga qatʼiy shartlarni qoʻydi

Qatar terrorchilikni moliyalagani borasidagi ayblovlarni rad qiladi Image copyright Reuters
Image caption Qatar terrorchilikni moliyalagani borasidagi ayblovlarni rad qiladi

Toʻrt arab davlati Qatarga 13ta talabdan tashkil topgan roʻyxatni yoʻlladi. Ularga koʻra, agar Qatar ularni bajarsa, unga qarshi jazo choralari bekor qilinadi.

Saudiya Arabistoni, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn Qatardan oʻzidagi Al-Jazira telekompaniyasini yopishni talab qilishmoqda.

Shuningdek, ular Qatardan 10 kun ichida Eron bilan aloqalarni susaytirish va Turkiya harbiy bazasini yopishni soʻradilar.

Oxirgi yillarda oʻzining xalqaro obroʻyini koʻtarish yoʻlida koʻp ishlagan Qatar terrorchilikni moliyalagani borasidagi ayblovlarni rad qiladi.

Yaqin tarixdagi eng katta arab inqirozi deb koʻrilayotgan bu mojaro ikki haftadirki davom etmoqda va Qatar misli koʻrilmagan diplomatik va iqtisodiy sanktsiyalarga yuz tutmoqda.

Qatarni Suriyada Bashar al-Assadga qarshi kurashayotgan Hayʼat Tahrir al-Sham jangari guruhini qoʻllab-quvvatlashda ayblashyapti. Bu guruh al-Qoidaga aloqador boʻlib, yaqinlargacha al-Nusra Fronti deya tanilgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02