Endi ham uyda onangni, deb soʻkib koʻring-chi, hatto, qamalasiz

Rossiya Image copyright Thinkstock

Rossiya Davlat dumasining davlat qurilishi va qonunchilik boʻyicha qoʻmitasi bu xususdagi qonun loyihasini maʼqulladi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Yangi qonun loyihasi endi turar-joyda soʻkkanlarni ham maʼmuriy javobgarlikka tortishni koʻzda tutadi.

Toʻgʻri, hozir ham bu ish uchun sizni bemalol jarimaga tortishlari mumkin.

Ammo amaldagi qonun faqat jamoatchilik joylari bilan cheklangan, xolos.

Endi esa, oʻz uyingizda soʻkinish ham rasman mayda bezorilik sanalishi mumkin.

Yaʼni, oilaviy janjal zaminida ham tilingizga ehtiyot boʻlishingiz taqozo etiladi.

Bu qonun loyihasi aslida 2014 yilda mamlakat parlamentiga taqdim etilgan.

Ammo deputatlar faqat oradan uch yil oʻtibgina, uni koʻrib chiqishni boshlashgan.

Ular allaqachon ayni modda boʻyicha jarima miqdorini ikki barobariga oshirishni taklif ham qilishgan.

Shu kabi mayda bezorilikka qoʻl urganlarni 1-2 ming rubl miqdorida jarimaga tortish yoki 15 sutkaga qamashni soʻrashgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02