Moskvada Ramazon hayiti sabab yoʻllar yopiladi

Moskva Image copyright AFP/Getty

Rossiyalik masʼullarga koʻra, bu ish Ramazon hayitiga hozirlik va uni oʻtkazish bilan bogʻliq reja asosida amalga oshiriladi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Ramazon hayiti sabab, 23 va 25 iyun kunlari oraligʻida Moskvadagi bir qancha yoʻllar yopiladi, qatnov qiyinlashadi.

Ular Jomeʼ, Tarixiy, "Shuhada", Yordam va Inʼom masjidlari yaqinidagilarini koʻzda tutadi.

25 iyun kuni tongda esa, hayit namozi ayni shu toʻrt masjidning barchasida birdek oʻqiladi.

Ramazon hayitini bayram qilish uchun masʼullar tomonidan yana qoʻshimcha yerlar ham ajratiladi.

"Izumrudny" sogʻlomlashtirish markazi, Yujny rechnoy vokzali va "Sokolniki" istirohat bogʻi yaqinida vaqtinchalik joylar tashkil qilinadi.

Bu haqda rossiyalik masʼullarga tayanib, "Sputnik" internet nashri xabar bermoqda.

Moskvadagi musulmonlar soni kamida 2 million ekani aytiladi.

Ularning orasida Rossiyada mehnat muhojirligida band Markaziy Osiyo fuqarolari ham ozmunchani tashkil etmaydi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02