Oʻzbekiston halok boʻlgan fuqarolarini keltirish uchun samolyot joʻnatdi

Image copyright eap_kz
Image caption Oʻzbeklar ketayotgan avtobus

Oʻzbekiston hukumati rasmiylari hozir halokat sodir boʻlgan Oqtoʻbe shahriga Toshkentdan samolyot joʻnatgan.

Oʻzbek hukumati qurbonlarning yaqinlariga va qarindoshlariga hamdardlik bildirdi.

Rasmiylar jabrlanganlarnign ahvoli va ushbu hodisaga oid kengroq maʼlumot olish uchun maxsus telefon liniyasi tashkil etishgan.

Bir kun oldin - 22 iyunda sodir boʻlgan yoʻlovchit avtobusi halokatida 9 nafar oʻzbekistonlik olamdan oʻtgan. Yana 17 oʻzbekistonlik jarohat olgan.

Oʻzbeklar Rossiyaga ishlaydigan muhojirlar, deb koʻrilmoqda.

Oʻzbekiston tarixida ilk bora hukumat chetda falokatga uchragan oʻzbeklar haqida bu qadar qaygʻurmoqda.

Oldinroq rasmiylar ularga barcha koʻrsatilishini aytishgan. Rasmiylar ularning ismlarini ham eʼlon qilishgandi.

Jumayev Toshtemir Ahmadovich, 07.1988 yilda tugʻilgan, propiskaga olingan manzili: Surxondaryo viloyati, Bandixon tumani, "Bandixon" qishloq fuqarolar yigʻini (QFY), Qizilqaloq koʻchasi.

Ergashev Muzaffar Abubakirovich, 04.1991 yilda tugʻilgan, propiskaga olingan manzili: Jizzax viloyati, Zarbdor tumani.

Qahhorov Oʻlmasbek Boʻronboyevich, 03.1982 yilda tugʻilgan, propiskaga olingan manzili: Andijon viloyati, Marhamat tumani, "Koʻtarma" QFY), Kichik Koʻtarma koʻchasi.

Aliyev Shohruxbek Shavkat oʻgʻli, 11.1990 yilda tugʻilgan, propiskaga olingan manzili: Andijon viloyati, Boʻz tumani, "Xovas" QFY, Zavroq koʻchasi.

Moʻminov Abdurasulxon Parpiyevich, 10.1984 yilda tugʻilgan, propiskaga olingan manzili: Namangan viloyati, Yangiqoʻrgʻon tumani, "Zarbdor" QFY.

Xolboyev Anvarjon Akramjonovich, 08.1988 yilda tugʻilgan, propiskaga olingan manzili: Fargʻona viloyati, Yozyovon tumani, "Qatortol" QFY, Pinaj koʻchasi.

Tursunov Qudratali Rustamaliyevich, 06.1981 yilda tugʻilgan, propiskaga olingan manzili: Namangan viloyati, Chust tumani, "Shoʻrkent" QFY.

Qurbonov Iqboljon Ilhomjonovich, 05.1987 yilda tugʻilgan, propiskaga olingan manzili: Fargʻona viloyati, Rishton tumani, "Mexnatobod" QFY.

Qodirov Zohidjon Zoirovich, 04.1982 yilda tugʻilgan, propiskaga olingan manzili: Fargʻona viloyati, Beshariq tumani, "Yakkatut" QFY.

Nobud boʻlgan oʻzbekistonliklar aksar yosh yigitlar. Ular Andijon, Jizzax, Surxondaryo, Namangan va Fargʻona viloyatlaridan boʻlishgan.

Islom Karimov davrida chetda ishlaydigan oʻzbekistonliklarga hukumat nazari salbiy edi. Marhum prezident Karimov hatto ularni "dangasalar" deb atagandi.

Biroq yangi prezident Shavkat Mirziyov ularning sharoitlarini yaxshilab, huquqlarini taʼminlashga intilmoqda.

Janob Mirziyoyev chetdagi muhojirlarni "farzandlarimiz" deb atadi.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Bu mavzuda batafsilroq