Ўзбекистон масжидларида Ҳайит намози адо этилди
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Oʻzbekiston masjidlarida Hayit namozi ado etildi

Dushanba kuni erta tongda Oʻzbekiston masjidlarida Ramazon Hayiti namozi ado etilgan.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Bu yil birinchi marta Hayit ish kuni koʻchirilmagan holda, dam olish kuni deb eʼlon qilingan.

Musulmonlar bu yil tarovih namozlarini oʻtgan yillardagidan erkinroq ado etishgani aytilmoqda.

Shuningdek, bu yil jamoat yemakxonalaridagi iftorliklarga ham cheklov olib tashlangan.

Prezident Mirziyoyev birinchi marta rasmiy iftorlik bergan.

Hukumat Umra va Haj ziyoratlari kvotasini ham oshirgan.

Musulmonlar yanada koʻproq erkinlik, jumladan, masjidlarda ovoz kuchaytirgichlar va jamoat joylarida roʻmol va hijob oʻrashga ruxsat berilishiga umid qilishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda diniy taʼlimni ertaroq yoshda boshlashga daʼvatlar ham yangragan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.