"Ҳозирча қийноқ вазияти ўзгармади"
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Oʻzbekistonda qiynoq bilan bogʻliq vaziyat oʻzgargani yoʻq"

Taniqli inson huquqlari himoyachisi Surʼat Ikromov aytishicha, Oʻzbekistonda gumondor va tutqunlarni qiynoqqa solish bilan bogʻliq ahvol oʻzgargani yoʻq.

26 iyun - Qiynoq qurbonlarini qoʻllab-quvvatlash xalqaro kuni munosabati bilan inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlarini qiynoqlar oldini olish, qiynoq va noinsoniy muomala qilgan jinoyatchilarni jazolash va qiynoq qurbonlariga tovon toʻlashga chaqirganlar.

Besh Markaziy Osiyo mamlakatlarida inson huquqlari muhofazasi bilan shugʻullanadigan tashkilotlarni oʻzida birlashtirgan Inson huquqlari boʻyicha xalqaro hamkorlik tashkiloti (International Partnership for Human Rights - IPHR) tarqatgan bayonotga koʻra, soʻnggi yillarda ahvolni yaxshilash maqsadida Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistonda ayrim ijobiy qadamlar tashlangan.

Oʻzbekistonda ham Prezident Shavkat Mirziyoyev "Ichki ishlar organlari" toʻgʻrisidagi qonunni imzolagan.

2018 yildan Oʻzbekistonda qoʻlga olingan shaxsni soʻroqqa tutish jarayoni audio va videoga yozib olinishi moʻljallanmoqda.

Biroq inson haqlari faollari dastlabki tergov vaqti hamda jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan diniy motivlar bilan qamalgan mahkumlarga nisbatan qiynoqlar toʻxtamaganini aytadilar.

2003 yili BMTning Qiynoqlar boʻyicha maxsus maʼruzachisi Teo van Boven Oʻzbekistonda qiynoqlar muntazam qoʻllaniladi, degan xulosaga kelgan.

Xoʻsh, Oʻzbekistonda rahbariyat oʻzgargani qiynoqlar bilan bogʻliq vaziyatni ham oʻzgartirdimi, degan savol bilan BBC Toshkentdagi mustaqil Inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surʼat Ikromovga murojaat qildi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02