Трамп Оқ Уйда ифторлик бермади
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Tramp Oq Uyda iftorlik bermadi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Ramazon oyi soʻnggida Oq uyda iftor berish anʼanasini buzdi.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Oxirgi 20 yilda Klintondan boshlab barcha AQSh prezidentlari Ramazon oyi yakunida maxsus ziyofatga mezbonlik qilib kelishgan.

Xabar qilinishicha, AQSh Davlat Kotibi Reks Tillerson iftorlikni rad etgan.

Reuters agentligiga koʻra, Diniy va xalqaro masalalar idorasi Ramazonni qutlashni taklif qilgan edi.

Oʻtmishda Tramp musulmonlarga qarshi chiqishlari uchun tanqid qilingan.

AQSh tarixida birinchi iftorlikni 1805 yilda Prezident Tomas Jefferson Tunis elchisi sharafiga bergan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.