Ertaga Telegramga nima boʻladi?

Mobil telefonida Telegram dan foydalanayotgan inson Image copyright Getty Images

Rossiyadagi "Roskomnadzor" dunyoga mashhur xabar almashish xizmati - Telegram faoliyatini toʻxtatish bilan tahdid qilmoqda.

BBC O'zbek videolarini YouTube kanalida tomosha qiling

Sababi, Telegram rahbariyati "Roskomnadzor"ga ushbu xabar almashish serveridan kim foydalanayotgani haqidagi maʼlumotni berishdan bosh tortmoqda.

Rossiyada yaqinda qabul qilingan qonunga binoan, Internetda xabar tarqatish bilan shugʻullanadigan manba haqidagi maʼlumotga mamlakati josuslik xizmatlari ega boʻlmoqlari shart.

Shundan kelib chiqib, "Roskomnadzor" Telegram oldiga talab qoʻygan.

Telegram asoschisi Pavel Durov esa, bu talab Rossiya konstitutsiyasiga zid, deydi.

Rossiya konstitutsiyasida har bir inson erkin maʼlumot olish va tarqatish huquqiga ega ekanligi aytiladi.

Image copyright Getty Images

Shuningdek, janob Durov "Roskomnadzor"ni XXI-asrdagi shifrovka imkoniyatlarini bilmaslikda ayblagan.

"Roskomnadzor" va Yevropa rasmiylariga koʻra, terror xurujlarini sodir etishni rejalagan shaxslar Telegram orqali muloqot qilganlar, terrorchilar yoʻlini toʻsish maqsadida ular tarqatayotgan yoki boʻlishayotgan maʼlumotlar ichiga josuslik xizmatlarining kirishlari muhimdir.

Biroq Pavel Durovning aytishicha, hozirgi zamonda bu texnik jihatdan imkonsiz, terrorchilarni bu yoʻl bilan toʻxtatish uchun butun dunyoda Internetni toʻxtatish talab qilinadi.

Iroq va Suriyada faoliyat yuritadigan "Islomiy Davlat" yoki IShID guruhi aʼzolari oʻrtasida Telegram mashhurlashgan, bu guruh oʻzining targʻibotida ham Telegramdan foydalanayotgani xavfsizlik xizmatlarini xavotirga solgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02