Markaziy Osiyodagi "eng yirik masjid" bitish arafasida

Xoʻjatepa masjidi Image copyright Getty Images

Usmoniylar imperiyasi davri meʼmorchiligi uslubidagi ulkan masjid Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda qad rostlamoqda.

Mintaqada "eng yirigi", deya taʼrif berilayotgan yangi masjidda bir vaqtning oʻzida 6 mingtagacha musulmon namoz oʻqishi mumkin.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Yon-atrofdagi aholi soni nazarda tutilganda esa, bu kabi namozxonlar soni 20 mingga ham yetishi mumkin.

Yangi masjid Turkiyaning "Diyonat" davlat jamgʻarmasi koʻmagida barpo etilayotir.

Bishkekdagi bu yangi masjid 7.5 kvadrat metr maydonni egallaydi.

U Turkiyadagi eng yirik masjid - Xoʻjatepaga oʻxshatib qurilmoqda.

Yangi masjid Turkiyaning "Diyonat" davlat jamgʻarmasi koʻmagida barpo etilayotir.

Uni qurish ishlari 2012 yilda boshlangan.

Yangi masjid majmuasi 500 ta mashinaga moʻljallangan avtostoyankani oʻz ichiga oladi.

Bundan tashqari, "Qurʼon" tilovati kurslari uchun maxsus xonalar, anjumanlar zali va yemakxonasi ham boʻladi.

U diametri ichdan 23 metr, tashdan 25 metrga uzangan ulkan goʻmbazga ega.

Yangi masjid uch minorasining har biri esa, 70 metrga koʻkka boʻy choʻzadi.

Turkiyalik masʼullarga koʻra, quruvchilarning aksariyati mahalliy aholi vakillari boʻlishadi.

Joriy paytda asosan yangi masjid atrofini tozalash va obodonlashtirish ishlari qolgani aytilmoqda.

Internetda imkonli boʻlgan ayrim maʼlumotlarga tayanilsa, Qirgʻizistondagi masjidlar soni hozir 3 mingga yetadi.

Mamlakat aholisining 80 foizdan ortiqrogʻini esa, musulmonlar tashkil qiladi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02