Rossiyada ishlash uchun imtihonni endi Toshkentda topshirsa boʻladi

Migratsiya

Xabarlarga koʻra, uchta yangi markaz ikki davlat oʻrtasida imzolangan maxsus bitim doirasida tashkil qilinadi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Oʻzbekistonliklar rus tili, Rossiya Federatsiyasi tarixi va qonunchiligi asoslari boʻyicha imtihonlarni Toshkentning oʻzida topshirishga imkonli boʻladi.

Reja maqsadga muvofiq amalga oshsa, bunaqasi mustaqil Oʻzbekiston tarixida kuzatilmagan voqeʼlik boʻladi.

Ammo bu imtihonlar ham pulli boʻladi. Bu pulning bir qismini xorijiy, qolganini milliy valyutada toʻlash taqozo etiladi.

Buning uchun xorijiy valyutada toʻlovlarni qabul qiluvchi maxsus terminallar ham oʻrnatiladi.

Markazlar esa, Oʻzbekiston Milliy, Toshkent Davlat texnika va Moskva Davlat universiteti filiali qoshida tashkil qilinishi aytilmoqda.

Rossiyaning "Sputnik" nashri yozishicha, Oʻzbekiston prezidenti universitetlar uchun 2022 yil 1 yanvariga qadar qator soliq imtiyozlari bergan.

Imtihonlar bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar Tashqi mehnat migratsiyasi rasmiy veb sahifasida eʼlon qilib boriladi.

Ularni oʻtkazishni tartibga soluvchi qoidalar esa, tez orada Oʻzbekistondagi masʼul vazirliklar va Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi.

Rossiya - eng katta sondagi Oʻzbekiston fuqarolari mehnat muhojirligida band dunyo davlati boʻladi.

Birgina rasmiy raqamlarda u yerdagi oʻzbekistonlik migrantlar soni 1 milliondan ortishi aytiladi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02