Video - Britaniya tarixidagi eng yirik harbiy kema ilk bor dengizga chiqmoqchi

Harbiy kema Image copyright EPA

"Kuin Elizabet" nomidagi yangi avianosets 3.8 milliard AQSh dollariga tushgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Oʻtgan ikki yil davomida sinab koʻrilgan.

Uning kattaligi uchta futbol maydoniga teng boʻladi.

Endi esa, ilk bor ochiq dengizga chiqmoqchi.

2021 yilda esa, AQSh sohillaridagi mashqlarda qatnashmoqchi.

Britaniya Mudofaa vaziri allaqachon bu xususda "Daily Telegraph" nashriga suhbat bergan.

Maykl Fellon Rossiya razvedkasi yangi avianosetsni koʻzdan qochirmasligini taxmin etgan.

"Rossiyaliklar unga bir muncha hasad bilan qarashlari"ni ham oʻzicha bashorat qilgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02