Video - IShID koʻzini shamgʻalat qilib

BBC jurnalisti

Iroq hukumat kuchlari Moʻsul shahrini IShID yoki oʻzini "Islomiy Davlat" deb atagan guruhdan ozod qilish maqsadida janglar olib bormoqda.

Videoni BBC O'zbekning YouTube kanalida tomosha qiling

IShID jangarilari Moʻsul shifoxonasi binosi atrofida 2,5 kvadrat kilometr maydonni nazorat qilib turibdi, bu yerda oʻn minglab tinch aholi vakillari qamalib qolganlar, deb koʻriladi.

Qamal doirasi torayib borarkan, IShID Moʻsulning dunyoga mashhur, 850 yillik Al-Nuriy masjidi va Al-Hadba minorasini portlatib yuborgani xabar qilindi.

BBCning tasvirga olish guruhi Moʻsul shifoxonasi atrofidagi janglarni videoga tushirgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02