Yodingizdami? "SSSRda seks yoʻq..."

Telekoʻprik Image copyright Arxiv. Lyudmila Ivanova
Image caption Telekoʻprik

1986 yilning 17 iyulida Leningraddagi mehmonxona maʼmuri, "Shoʻro xotin-qizlari qoʻmitasi"ning aʼzosi Lyudmila Ivanovna bir lahzada dunyoga mashhur ayolga aylanib qolgandi.

Leningrad-Boston telekoʻprigi davomida Lyudmila Ivanovna "SSSRda seks yoʻq", deb aytgan va keyin bu iborani butun dunyoda mashhurlashib ketishiga sabab boʻlgandi.

BBC muxbiri Dina Nyuman Lyudmila Ivanovla bilan suhbatlashishga muvaffaq boʻlgan.

Lyudmila Ivanova: Birinchidan hech kim bu soʻzni eshitmagandi. Seks nimaligini biz taxmin qilardik, xolos. Ammo bu soʻzning maʼnosi yaxshi emasligini bilardik. Men ancha faol ayol edim, Vladimir Pozner menga mikrofon tutqazganida men "SSSRda seks yoʻq, lekin muhabbat bor", deb aytdim. Bu parchani keyin kesib tashlashgandi.

BBC: Siz "SSSRda seks yoʻq, biz bunga qarshimiz", deb aytgandingizmi?

L.I.: Men "biz bunga qarshimiz" yoki " biz buni tushunmaymiz" deb aytgandim chogʻi...Hozir yodimda yoʻq.

Ammo "SSSRda seks yoʻq deganim bilan zalda kulgi koʻtarilgandi, shu yodimda qolgan".

BBC: Koʻnglingizdan nimalar kechgan edi oʻshanda?

L.I.: Juda qoʻrqib ketganim yodimda. Chunki bu gap ogʻzimdan chiqib ketgan edi...Muhimi biz amerikaliklar aytganlarini rad qilishimiz kerak edi. Pozner biz bilan telekoʻprikdan avval suhbat qildi. "Kutilmagan savollar boʻladi, siz darrov javob bering, uyalmang", deb uqtirgandi. Menga topshiriq berishgandi va buni bajardim.

BBC: Bu faqat telekoʻprik boʻlmagan, shundaymi? Yaʼni, sizlarga maxsus topshiriq berishgan...

Image copyright Yuri Belinsky/TASS
Image caption Telekoʻprik

L.I.: Asosiy masala bizning urushga qarshiligimiz edi. Afgʻoniston, Vetnam...Bizga igʻvogarona savollar berishadi va biz oʻzimizni himoya qilishimiz kerak boʻladi. Men oʻz chiqishim bilan oʻzimizni himoya qilgandim, xolos.

BBC: Amerikaliklar sizni nimasi bilan hayratda qoldirgandi?

L.I.: Hozir buni ozodlik deb atashadi...Ammo televizion koʻrsatuvga amerikalik ayollarning bunaqa ochiq-sochiq, taralmagan sochlarda, jinsi shimlarda kelishgani nafaqat meni, boshqalarni ham hayratga solgandi. Bizdagi ishtirokchilar zavodu fabrikalar ishchilari edi. Hammamiz yasan-tusan qilib kelgandik...

BBC: Sizga amerikalik ayol reklama haqida savol berganida balki hech kim SSSRda reklama ham boʻlmaganini bilmagandir...

L.I.: Biz seksni qayerda va nima uchun reklama qilish mumkinligini bilmasdik. Bizda pornofilmlar yoʻq edi. Reklama yoʻq edi. Faqat "muhabbat" bor edi. (Lyubov -tahr)

BBC: Maktablarda jinsiy tarbiya masalasi bor edimi?

L.I.: Yoʻq, albatta. Ota-onamiz nimadir deyishmasa...umuman, hech qanaqa tarbiya yoʻq edi bu sohada...

1986 yilning 17 iyulida Leningraddagi mehmonxona maʼmuri, "Shoʻro xotin-qizlari qoʻmitasi"ning aʼzosi Lyudmila Ivanovna bir lahzada dunyoga mashhur ayolga aylanib qolgandi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq