Rossiyaliklarni bugun eng koʻp kim qoʻrqitadi?

Oq Uy Image copyright Reuters

Agar, yangi soʻrov natijalariga tayanilsa, Rossiya aholisining yarmidan koʻprogʻi hozir chetdan harbiy tahdidni AQSh dan kutadi.

Uchdan bir qismiga yaqini nazdida Ukraina Rossiya uchun ehtimoliy tajovuzkor kuch boʻladi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Hujum ehtimoli paytida esa, rossiyaliklar qoʻllovni asosan Xitoy, Belarus va Qozogʻistondan kutishadi.

Ammo, har oʻntadan bitta rossiyalikka koʻra, bu kabi holatda Rossiyaning biror bir ittifoqchisi yoʻq.

Qariyb 40 foiz ishtirokchi fikricha, Rossiyaga harbiy tahdid rostdan ham mavjud.

Ammo mamlakat aholisining yarmidan koʻprogʻiga koʻra, bu kabi xavf umuman yoʻq.

Soʻrov natijasini tahlil qilgan VTsIOM Bosh direktori aytishicha, rossiyaliklar umidi halicha oʻzini oqlamagan.

"Yangi prezidenti Tramp rahbarligi ostida AQSh-Rossiya aloqalari yaxshilanmagan".

"Rasmiy Kiyev siyosatining Rossiyaga qarshi tus olib borayotgani ham yaqqol namoyon boʻlmoqda".

Soʻrov 16-17 iyun kunlari oʻtkazilgan, telefon muloqoti vositasida 1,2 ming rossiyalikning fikri oʻrganilgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02