"Davlat chegarasida xalqaro terrorchi tashkilot aʼzolari qoʻlga olindi"

Bishkek Image copyright Getty Images

Qirgʻiziston Milliy Xavfsizlik qoʻmitasiga koʻra, ular chegara mintaqasida qator terrorchilik hujumlari uyushtirish rejasida boʻlishgan.

Ammo soʻz Qirgʻizistonning aynan qay bir davlat bilan chegara mintaqasi haqida ketayotgani ochiqlanmagan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Hodisa yuzasidan rasman jinoiy ish ochilgan, qoʻlga olingan toʻrttovlon ustidan allaqachon tergov ishlari boshlangan.

Hibsdagilarning aynan qay bir xalqaro terrorchi tashkilot aʼzolari ekanliklari hozircha nomaʼlum.

Masʼullarga koʻra, ularning barchasi Qirgʻiziston fuqarolari boʻlishadi.

Yonlaridan esa, "qoʻlbola granatalar, oʻtocharlari doxil boshqa qurol-yarogʻlar topilgan", musodara qilingan.

Xabarlarga koʻra, ayni shu kabi gumonlar bilan shu yil boshidan buyon Qirgʻizistonda oʻndan ortiq kishi qoʻlga olingan.

Ulardan ayrimlari Suriyada jang qilib qaytgan shaxslar ekani ham xabar berilgan.

Qirgʻiziston Tolibon, "Islomiy Davlat", Oʻzbekiston Islomiy harakati kabi qator jangari guruhlarni oʻziga tahdid sifatida koʻrib keladi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02