"Sigir deb, musulmonlarga hujum qilishni bas qiling"

Namoyishlar Image copyright EPA

Xuddi shunday talab bilan butun Hindiston boʻylab namoyishlar boʻlib oʻtmoqda.

Minglab namoyishchilarning talablari esa, sigirlarni muhofaza etish guruhlariga qaratilgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Soʻnggi paytlarda bu kabi guruhlar tomonidan musulmonlar va dalitlarga qarshi hujumlar kuchaygan.

Birgina poytaxt Dehlidagi namoyishda ikki mingga yaqin kishi toʻplangan.

Tashkilotchilarga koʻra, yana 15 ta shaharda odamlar koʻchalarga chiqishgan. London ham chetda qolmagan.

#NotInMyName nomli kampaniya oʻtgan hafta bir musulmon oʻsmirning oʻldirilishi ortidan boshlangan.

Bunga namoyishlar tashkilotchisi Saba Devan "Facebook" sahifasida qoldirgan izohi sabab boʻlgan.

Aksariyat hindular sigirni muqaddas jonzot sifatida koʻrishadi.

Hindistonning qator shtatlarida sigirni soʻyish rasman maʼn qilingan.

Kimdir bu ishga qoʻl urgudek boʻlsa, 10 yilgacha qamalishi koʻzda tutilgan.

Hindiston parlamenti esa, endi bu oʻlim jazosiga aylantirish masalasini ham koʻrib chiqmoqda.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02