Ukraina Islom Karimovning qayinjiyanini nega O`zbekistonga topshirmadi?

Image copyright fergananews.com
Image caption Akbarali Abdullayev endi Oʻzbekistonga topshirilmaydi.

Joriy yil yanvarida Ukraina chegarasiga hibsga olingan Akbarali Abdullayev bugun erkin odam.

Ukraina juda tez fursat ichida unga siyosiy boshpana berish ishini koʻrib chiqqani aytilmoqda.

Shunday qilib, ukrainlar oʻzbeklarning soʻrovini yerda qoldirgan koʻrinadi.

Gulnora Karimovaning taqdiri Shavkat Mirziyoyev qo`lida

Gulnora Karimovaning o`lgani rostmi?

Negaki, Oʻzbekiston hukumati mutasaddi organlari marhum Prezident Karimovning qayinjiyani boʻlmish Akbarali Abdullayevni Toshkentga topshirishni soʻrashgandi.

Oʻzbekiston uni bir qator yirik iqtisodiy jinoyatlarda, xususan, katta mablagʻlarni oʻmarish va oʻzlashtirishda ayblaydi.

U hali Marhum Karimov davrida qamoqqa olingandi.

Ammo prezident pochchasi oʻlishi bilanoq qamoqdan chiqishga ulguradi va Oʻzbekistondan yashirin chiqib ketadi.

Oʻtgan yanvarda esa Ukraina huquq-tartibot idoralari qoʻlida ham Oʻzbekiston, ham Dominikan respublikalari pasporti boʻlgan Akbarali Abdullayevni qoʻlga olishadi.

Oʻshandan beri bir hibsda va bir ochiqda qolayotgan Akbarali Abdullayev agar Oʻzbekistonga topshirishsa, uni qiynab oʻldirishlarini iddao qiladi.

Qator huquqshunoslar Akbarali Abdullayev kabi iqtisodiy jinoyatlarda ayblanayotgan odamga siyosiy boshpana berishni notoʻgʻri sanashadi.

Uning xolavachchasi boʻlmish Gulnora Karimova oʻzi ham uy qamogʻiga olinishida oldinroq qarindoshi Akbarali Abdullayevning yonini olib, xayriya ishlarini maqtab internetda yozib chiqqandi.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq