Ham ichki bozorda arzonchilik boʻlsin, ham dehqon va bogʻbon boyisin

Dehqon bozoridagi mevalar Image copyright BBC UZBEK

Oʻzbekistonda Bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxini nazorat va monitoring qilish komissiyasini tuzishga qaror qilingan.

Videolavhamizni BBC UZBEKning YouTubedagi kanalida tomosha qiling

Bundan koʻzlangan maqsad, Oʻzbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot va poliz mahsulotlarining eksportiga keng yoʻl ochilgan vaqtda ichki bozorda narx-navoning sunʼiy koʻtarilib ketishi oldini olishdir.

Image copyright BBC Uzbek

Shu yil bahorida Oʻzbekiston bozorlarida kartoshka narxi qimmatlashgani kuzatildi va hukumat ichki bozordagi talabni qondirish maqsadida chetdan kartoshka eksportini tashkil qilishiga toʻgʻri keldi.

Shuningdek, Oʻzbekiston dehqon bozorlarida olibsotarlik muammosi doim mavjud boʻlib kelgan va dehqon oʻzi yetishtirgan mahsulotini bozorga olib kirib oʻzi xohlagan narxda sotolmasligi kuzatiladi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02