Video: "Oʻqni oʻz koʻzim bilan koʻrdim"

Kurd mergan qizi

Suriyada IShID guruhiga qarshi jang qilayotgan Kurd mergan qiz bir oʻlimdan qoldi.

"Islomiy Davlat"ning snayperi otgan oʻq shundoq qizning boshidan yuqoriga borib tegdi.

"Oʻqni oʻz koʻzim bilan koʻrdim", deydi qiz.

Video Raqqa shahrida tasvirga olingan.

Videoni BBC O'zbekning YouTubedagi kanalida tomosha qiling

Shu kunlarda AQSh qoʻllab-quvvatlayotgan Kurd va Suriya hukumati qarshi muxolifat jangchilari Raqqa shahrini IShIDdan ozod qilish maqsadida janglarga kirishgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02