"Ўзбек аёллари фоҳишаликка, эркаклари эса қулликка мажбурланмоқда"
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - "Oʻzbek ayollari fohishalikka, erkaklari esa qullikka majburlanmoqda"

AQSh Davlat Departamentiga koʻra, oʻzbek ayollari xorijda fohishalikka, erkaklari esa qullikka majburlanmoqda.

Hisobot bu yil ham Oʻzbekistonni jinsiy savdo va majburiy mehnat manbaʼi, deb atagan.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Odam savdosiga doir yillik hisobotda aytilishicha, ayollar va erkaklar Oʻzbekistonning oʻzida ham qullikka solinadi.

Davlat Departamenti odam savdosiga qarshi kurashda Oʻzbekistonni soʻnggi 5 yilda eng quyi, 3-darajaga qoʻygan.

Hisobotga koʻra, oʻzbek hukumati jinsiy qullik va majburiy mehnatga qarshi yetarli choralar koʻrmayapti.

AQSh Oʻzbekiston hukumatini paxta mavsumida kattalarning majburiy mehnatiga chek qoʻyishga chaqirgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.