Videodastur - Bir milliondan ortiq musulmonning taqdiri nima boʻladi?

Afgʻoniston Image copyright Reuters

Xalqaro Qochqinlar kuni munosabati bilan Afgʻoniston milliy birdamlik hukumati oʻziga xos murojaat bilan chiqqan.

Xalqaro hamjamiyatdan qayta kuchayib borayotgan ichki qochqinlar muammosiga jiddiylik va jadallik bilan eʼtibor qaratishini soʻragan.

Aks-holda bu insonlar ham muhojiratga yuz tutishlari mumkinligi bilan ogohlantirgan.

Xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat sabab, oʻtgan uch yil ichida butun Afgʻoniston boʻylab darbadar insonlarning soni ikki barobariga ortgan.

Hozirgi kunga kelib, ularning soni bir million kishidan ortgan.

Ulardan ozmunchasi Afgʻonistonning aksariyat Markaziy Osiyo davlatlari bilan bevosita chegaradosh qator shimoliy va shimoliy-sharqiy viloyatlari hissasiga ham toʻgʻri keladi.

Aynan bir necha oʻn yillik urushlar sabab, oʻzga yurtlardan boshpana topib kelayotgan afgʻonlarning soni esa, shundoq ham bir necha millionlik raqamlarni ortda qoldirib keladi.

Shunday ekan, siz mavjud vaziyatdan qanchalik xavotirdasiz va ayni muammoning yechimini nimada koʻrasiz?

Bu haftalik "Soʻz Sizga" dasturimizda - nazardan qochirmang.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02