Besh nafar chechen Nemtsovni oʻldirishda ayblandi

Image copyright Reuters
Image caption Zaur Dadayev Chechen maxsus kuchlari safida xizmat qilgan.

Mahkama xulosasiga koʻra, Zaur Dadayev sobiq Bosh vazir va Prezident Putinning ashaddiy tanqidchisi boʻlgan Boris Nemtsovni Moskva markazida otib oʻldirgan.

Qolgan toʻrt nafar chechen esa uning sheriklari, deb koʻrilmoqda. Ularga goʻyo 250 ming dollar vaʼda qilingan.

Ayblanganlar barchasi qoʻyilgan ayblovlarni rad etishmoqda.

Nemtsovning qarindoshlari esa qotillikni buyurgan kishi hech qachon topilmasa kerak, degan xavotirdalar.

Ramzan Qodirov:"Nemtsov Rossiyaning dushmani edi".

Hozirda qotillikka aloqador koʻrilayotgan Ruslan Muhiddinov ismli boshqa bir chechen qidirilmoqda. U xorijga qochib ketgan boʻlishi mumkin.

Image copyright AFP
Image caption Boris Nemtsov Vladimir Putinning ashaddiy tantsidchisi edi

Moskvadagi mahkama 8 oy davom etdi.

Qotillik ijrochisi deb koʻrilayotgan Zaur Dadayev esa Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning qoʻl ostida xizmat qilgan.

Nemtsov 1990-yillari Prezident Yeltsinning Bosh vaziri boʻlib ishlagandi.

Keyinroq Vladimir Putinning muxolifiga aylangan.

Boris Nemtsov 2015 yil 27 fevralь kuni radioga intervьyu berib qaytayotgan payti koʻchada otib oʻldirilgan.

55 yashar siyosatchi oʻsha paytda Ukrainadagi nizoga Rossiyaning aloqasini oʻrganayotgan edi.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq