Geylar bayramida Oʻzbekiston bayrogʻi

Image copyright fergananews.com

Nyu-York geylar bayramida ilk bora Oʻzbekiston bayrogʻi hilpirashi koʻpchilikning eʼtiborini tortdi.

Ayni amal ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin bahslarga ham sabab boʻlmoqda. Koʻpchilik oʻzbeklar ushbu amalni qoralashmoqda.

Fergana.ru vebsahifasining yozishicha, bu bilan Oʻzbekistondagi geylar bilan birdamlik ham ifoda etilgan.

Iroq urushida tug`ilgan sevgi

Geylar maydonda qamchilandi

Bayroq koʻtarish amali aslida Oʻzbekistondagi geylarning ahvoliga eʼtibor qaratish boʻlishi mumkin.

Negaki, Oʻzbekiston hamon erkaklar oʻrtasidagi besoqolbozlikni jinoyat, deb koʻradi va bu uchun qamoq jazosi koʻzda tutilgan.

Ammo Oʻzbekistonda qonunan lesbiyan ayollar jazolanmaydi.

AQShdagi mazkur bayramda, shuningdek, Qozogʻiston va Qirgʻiziston bayroqlari ham koʻtarildi.

Bu ikki davlatda geylik jinoyat emas, ammo jamiyatda ular taʼqib etiladi.

Soʻnggi paytlari esa Qozogʻiston ham, Qirgʻiziston ham geylarning haq-huquqlarini cheklash yoʻlida muayyan qadamlar qoʻyishmoqda.

Ayrim faollar Checheniston rahbariyatini qoralovchi shiorlarni koʻtarishgandi.

Bir necha hafta oldin chiqqan xabarlarga binoan, Chechenistonda gey yigitlarni qiynoqqa soluvchi maxsus qamoqxonalar boʻlib, u yerda besoqolbozlikda gumon qilingan erkaklar qattiq azob-uqubatlarga solingan.

Bi-bi-si Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq