Kommunal toʻlovlar oʻrtacha maoshning necha foizini tashkil etadi?

Kommunal toʻlovlar Image copyright O'zbekiston ovozi

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi oʻrinbosari J.Aripov aytishicha, Oʻzbekistonda "gaz va elektr toʻlovlari Oʻzbekiston aholisi oylik maoshining 7,5 foizini egallaydi".

Janob Aripov Oʻzbekistondagi minimal maoshni nazarda tutganmi yoki oʻrtacha maoshnimi?

Aksar tahlilchilar fikricha, bu yerda gap oʻrtacha maosh haqida bormoqda.

Gap shundaki, Oʻzbekistonda "Isteʼmol savati" qanchani tashkil etishi bilan bogʻliq raqamlar uzoq yillar davlat siri sifatida koʻrib kelindi, faqat 2016 yili oxirida Prezident Shavakat Mirziyoyev "isteʼmol savati"ni ishlab chiqishga farmon berdi.

Hozir eng kam maosh qariyb 150 ming soʻmni tashkil qiladi.

Bugungi kunda 1000000 soʻmni oʻrtacha maosh deb qabul qilsak, bir millionga Toshkentda 1 oy qanday yashash mumkin?

Mana shu oʻrtacha maoshning necha foizi kommunal toʻlovlarga ketadi?

BBC ushbu savollar bilan oʻzbekistonlik inson huquqlari himoyachisi Abdurazzoq Sodiqov va iqtisodiy tahlilchi Saparboy Jubayevga murojaat qildi.

Tahlilchilar fikricha, Toshkentda oʻrtacha maoshning 20-25 foizini kommunal toʻlovlar tashkil etadi.

Suhbatimizni BBC O'zbekning YouTubedagi kanalida tinglang

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq