Туркияда ушланган диндорнинг отаси: "Ўғлимни қамаманг!"
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Turkiyada ushlangan dindorning otasi: "Oʻgʻlimni qamamang!"

Turkiyada ushlangan oʻzbekistonlik dindor Bahriddin Xudoynazarovning yaqinlari uning Oʻzbekistonga topshirilish ehtimolidan xavotir bildirishmoqda.

48 yoshli Bahriddin Xudoynazarov shu oy boshida Turkiyaning Gʻoziantep shahrida qoʻlga olingan.

Turkiya rasmiylari 2008 yildan buyon mamlakatda yashab kelgan Xudoynazarovni nimada gumon qilayotgani maʼlum emas.

Gʻoziantep viloyat Muhojirlik idorasi oʻzbekistonlik qochqinning ishi yuzasidan BBCga maʼlumot berishdan bosh tortdi.

Bahriddin Xudoynazarov, yaqinlariga koʻra, 1990-yillarda avval oʻzi tugʻilib oʻsgan Navoiyda, keyin esa, Fargʻona vodiysidagi madrasalarda taʼlim olgan.

Uning bir muddat andijonlik mashhur imom Abduvali qori Mirzayevning qoʻlida tahsil koʻrgani aytiladi.

Yaqinlarining aytishicha, Xudoynazarov 1999 yil fevralidagi portlashlardan soʻng boshlanib ketgan taʼqiblardan qochib, avval Rossiya, keyinroq esa Turkiyada panoh topgan.

Uning Turkiyada boshpana izlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgani aytiladi.

BBC bilan suhbatda Bahriddin Xudoynazarovning 85 yoshli otasi Naim Xudoynazarov oʻgʻlining begunohligini taʼkidlab, Turkiya va Oʻzbekiston hukumatidan farzandiga muruvvat koʻrsatishni soʻradi.

Suhbatni tinglang.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02