Alisher Usmonovdan yana bir tanlov, mukofoti 1 million

Usmonov Image copyright Getty Images

Asli oʻzbekistonlik milliarder bu gal "tarmoq kengliklarida iqtidorlarni qoʻllab-quvvatlash istagida" ekanini aytgan.

Gʻoliblarning har biriga bir million rubldan mukofot puli koʻzda tutilgan yangi tanlovini eʼlon qilgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Tanlov yangitdan ish boshlayotganlar va yoki startaplarni koʻzda tutadi.

Alisher Usmonovga koʻra, koʻrib chiqilishi va ommaviy muhokama uchun istalgan shaxs oʻz loyihasini yuborishi mumkin.

Oy yakunida eng zoʻrlarga bir million rubldan beminnat mukofot puli beriladi.

Loyihasi eng diqqatga sazovor jamoa esa, sarmoya ehtimoli uchun muhokamaga taklif qilinadi.

Bundan avval Usmonov rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyga videomurojaati yuzasidan tanlov eʼlon qilgan.

Tanlov ayni mavzudagi memlar, roliklar va karikaturalarni koʻzda tutgan.

Ammo u gal gʻoliblar iPhone 7 Plus bilan taqdirlanishgandi.

Milliarderga koʻra, yangi tashabbuslar uchun bir maydon sifatida foydalanish uchun ana shu tanlovni qoʻllagan jamoani qayta shakllantirishni soʻragan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02