Saudiya podshohi: "Menga Allohning sifatini bermang"

Saudiya podshohi Image copyright Reuters

Xabarlarga koʻra, xuddi shunday ish qilgani uchun Saudiyada chop etiluvchi gazeta mualliflaridan biri vaqtinchalik oʻz vazifasidan chetlatilgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Jurnalist podshoh Salmonga nisbatan faqat Allohga beriluvchi sifatlarni qoʻllagan.

Uni "al-halim" va "shadid al-iqob", deya taʼriflagan.

Saudiya podshohi jiyanidan koʻra oʻz oʻgʻlini afzal bildimi?

Saudiya Arabistoni oʻzgarishlar boʻsagʻasidami?

"Al-Jazira" gazetasi jurnalisti qilgan bu ishi uchun shaxsan podshohning buyrugʻi bilan jazolangan.

"Al-halim" Allohning 99 ta nomidan bittasi sifatida koʻriladi.

"Shadid al-iqob" bular sirasiga kirmasa-da, faqat Allohga beriluvchi sifat oʻlaroq koʻriladi.

Bu har ikki nomni ham odam bolasiga nisbatan qoʻllash nomaqbul ish sifatida koʻriladi.

Taʼkidlash joiz, "al-Jazira" gazetasining Qatardagi xuddi shu nomli telekanal va mediaxoldingga aloqasi yoʻq.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq